locale OZ

Futzal. Islom Birdamlik o‘yinlarining futzal musobaqasi Osiyoliklarning benefisi bilan yakunlandi

Islom Birdamligi o‘yinlari dasturiga kiritilgan futzal bahslarida Osiyo qit’asi vakillari zafar quchishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Islom Birdamlik o‘yinlarining futzal musobaqasi Osiyoliklarning benefisi bilan yakunlandi
photo: UFF

Birinchi marta Islom Birdamligi o‘yinlari dasturiga kiritilgan futzal bahslarida Osiyo qit’asi vakillari zafar quchishdi. Yevropa, Osiyo hamda Afrika qit`asi vakillari qatnashgan musobaqada sariq qit’a grandi – Eron terma jamoasi VI Islom Birdamligi o‘yinlarining chempioni bo‘ldi.

“Osiyo Braziliyasi” nomi bilan mashhur forslar finalda Afrika qit’asining eng kuchli jamoasi — Marokash darvozasiga javobsiz 5 ta gol kiritishdi!

Bronza medali uchun kechgan bahsda esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqa mezbonlari Saudiya Arabistoni terma jamoasini penaltilar seriyasida dog‘da qoldirdi – 7:6!

VI Islom birdamligi o‘yinlari
11.11.2025-yil
Final
Marokash – Eron – 0:5.

3-o‘rin uchun
Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston – 1:1, penaltilar seriyasi – 5:6.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting