Futzal. Ikkinchi uchrashuvda imkoniyat boy berildi
Bugun “Aramis” sport zalida Vengriya terma jamoasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Afsuski, bu safar mezbonlar 5:2 hisobida g‘alaba qozonib, dastlabki uchrashuvdagi mag‘lubiyat uchun revansh olishdi.
Bahsni vakillarimiz faol boshlashdi va hisobni birinchi bo‘lib ochishdi. Biroq keyinchalik tashabbus to'liq mezbonlar tomonida bo'ldi va ularning ketma-ket beshta goliga biz faqat bir marta aniq zarba bilan javob qaytardik.
Shu tariqa, Vengriyaga qarshi ikki uchrashuv yakuniga ko‘ra, hisob 1:1 — bir g‘alaba va bir mag‘lubiyatni tashkil etdi.
Endi milliy terma jamoamiz Yevropa safarini Niderlandiyada davom ettiradi. Jamoamiz ertaga tongda Amsterdam shahriga yo‘l oladi.
Niderlandiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvlar 21 va 22-sentabr kunlari o‘tkaziladi.
XALQARO O'RTOQLIK UCHRASHUVI
19-sentabr 2026-yil
VENGRIYA — O'ZBEKISTON — 5:2
GOLLAR: 0:1 — Abror Axmedzyanov (6'), 1:1 — Mate Kovacs (7'), 2:1 — Mate Janos Suscsak (15'), 3:1 — Zoltan Szalmas (20'), 4:1 — Madyari Csaba (21'), 5:1 — Matyas Kajtar (35'), 5:2 — Behruz Samiyev (39').