locale OZ

Futzal. Ikkinchi tur statistikasi — ma`lumotlar to'rida

2-turda faqat “Xorazm” barcha uchrashuvlarida g‘alaba qozondi.
Futzal. Ikkinchi tur statistikasi — ma`lumotlar to'rida
photo: UFF

Ikkinchi tur statistikasi — ma`lumotlar to'rida

“Xorazm” — 100 foizlik natija.
2-turda faqat “Xorazm” barcha uchrashuvlarida g‘alaba qozondi. Aleksandr Petrov shogirdlari uchta bahsdan 9 ochko jamg‘arishdi.

BMB ham mag‘lubiyatsiz.
Jizzaxliklar 2-turdagi uchta uchrashuvning ikkitasida g‘alaba qozonib, bir bor durang o‘ynashdi. Ikki tur yakunlariga ko‘ra BMB chempionatdagi mag‘lubiyatsiz yagona jamoa bo‘lib qolmoqda.

SQB, “Olmaliq” va “Nasaf” — 6 ochkodan.
Mazkur jamoalar 2-turda uchta uchrashuvdan ikkitasida g‘alaba qozonib, bir bahsda imkoniyatni boy berishdi. Natijada ularning hisobiga 6 tadan ochko qo‘shildi.

“Sayxun” uchun omadsiz tur.
Oliy liga debyutanti “Sayxun” 2-turdagi barcha uchrashuvlarida mag‘lubiyatga uchragan yagona jamoa bo‘ldi. “Zarafshon” va “Neftchi” esa o‘z hisoblariga bittadan ochko yozdirib qo‘yishdi.

Turning eng sermahsul uchrashuvi — 18 ta gol.
BMB PFC — “Maksam-Chirchiq” uchrashuvida darvozalar 18 marta ishg‘ol qilindi. Jizzaxliklarning 12:6 hisobidagi g‘alabasi turdagi eng yirik hisob ham bo‘ldi.

0:0 — turning eng noodatiy hisobi.
“Zarafshon” — “Samarqand” uchrashuvida futzal uchun kamdan-kam uchraydigan natija qayd etildi. Jamoalar darvozalar daxlsizligini saqlab qolishdi.

Eng sermahsul jamoa — BMB.
Jizzaxliklar 2-turdagi uchta uchrashuvda raqiblari darvozasiga 18 ta gol urishdi. Keyingi ko‘rsatkichlar “Xorazm” (14 ta) va “Maksam-Chirchiq” (13 ta) jamoalariga tegishli.

“Maksam-Chirchiq” eng ko‘p gol o‘tkazdi.
Toshkent viloyati vakillari 2-turdagi uchta uchrashuvda o‘z darvozalaridan 19 ta to‘p olib chiqishdi. “Lochin” esa 13 ta gol o‘tkazib yubordi.

“Nasaf” va “Xorazm” — eng kam gol o‘tkazganlar.
Mazkur jamoalar 2-turdagi uchta uchrashuvda o‘z darvozalaridan 6 tadan gol olib chiqishdi.

“Neftchi” va “Samarqand” — eng kam gol urganlar.
Har ikki jamoa 2-tur davomida raqiblar darvozasini 5 martadan ishg‘ol qildi. “Sayxun” va “Zarafshon” esa 6 tadan gol urishdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting