locale OZ

Futzal. Ikkinchi bahsda ham omad mezbonlar tomonida bo‘ldi

“Olimpik” sport majmuasida bugun Qozog‘iston va O‘zbekiston yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Ikkinchi bahsda ham omad mezbonlar tomonida bo‘ldi
photo: UFF

Turkiston shahridagi “Olimpik” sport majmuasida bugun Qozog‘iston va O‘zbekiston yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bu galgi bahs birinchisiga nisbatan ancha shiddatli va murosasiz ruhda kechdi. Afsuski, keskin va teng kurashlar ostida o‘tgan ikkinchi o‘yinda ham omad maydon egalariga kulib boqdi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘zlaridan bir yosh katta bo‘lgan Qozog‘iston terma jamoasi darvozasini ikki bor ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Chiroyli kombinatsiyalar va gollarga boy o‘tgan uchrashuv yakunida 2:3 hisobi qayd etildi. Yoshlar terma jamoamizdan Abdulboriy Ilyosov hamda Aziz Jaloliddinovlar muvaffaqiyat qozonishdi.

Qo‘shni mamlakatlar yoshlar terma jamoalari o‘rtasida kechgan ushbu o‘rtoqlik uchrashuvlari har ikki tomon uchun ham foydali va manfaatli bo‘ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting