locale OZ

Futzal. Hududiy liga g‘oliblari Respublika turniri boshlandi

Mamlakatimiz futzali tarixida ketma-ket ikkinchi mavsum Hududiy liga g‘oliblari Respublika turniri o‘tkazilmoqda.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Futzal. Hududiy liga g‘oliblari Respublika turniri boshlandi
photo: UFF

Mamlakatimiz futzali tarixida ketma-ket ikkinchi mavsum Hududiy liga g‘oliblari Respublika turniri o‘tkazilmoqda. O‘tgan yilgi musobaqaga Andijon shahri mezbonlik qilgan bo‘lsa, bu yilgi turnir Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasi sport zalida bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun jamoalar guruh bosqichining 1-tur uchrashuvlarida maydonga chiqishdi. Kutilganidek, mezbonlar hamda poytaxt vakillari turnirga puxta tayyorgarlik bilan kelganliklarini namoyish etishdi. Hududlar kesimida jamoalarning tayyorgarlik darajasidagi tafovut ayrim uchrashuvlarda qayd etilgan yirik hisoblarda ham o‘z aksini topdi.

Guruh bosqichi bahslari 10-iyun, chorshanba kuni yakunlanadi. Eslatib o‘tamiz, guruhlarda 1–2-o‘rinlarni egallagan jamoalar chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. 11-iyundan boshlab esa turnirning pley-off bosqichiga start beriladi.

1-tur natijalari | 8-iyun (dushanba)

“A” guruhi
“Jaloyir” – “Chiroqchi” 3:11
“Jizzax FM” – ADU 1:2
“B” guruhi
“Xonqa” – “Zafar” 4:2
“Ezgu niyat” – “Olimpik” 15:0
“C” guruhi
“Navoiy Uran” – “Parma” 2:8
“D” guruhi
BuxDU – “Guliston-2” 7:0

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting