locale OZ

Futzal. Gollar yomg‘iri: u qanday bo‘lmoqda?

Eng sermahsul tur Qarshi shahrida o‘tkazilgan 4-tur bo‘ldi. Mazkur turda har bir o‘yinda o‘rtacha 7,16 tadan gol kiritilib, mavsumning eng yuqori natijasi qayd etildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Gollar yomg‘iri: u qanday bo‘lmoqda?
photo: UFF

Mamlakat milliy chempionati — Oliy ligada 7-tur uchrashuvlari arafasida mavsumning birinchi yarmiga yakun yasash vaqti keldi. XXIX milliy chempionatimizda shu paytgacha 6 ta tur ortda qoldi. Oldinda yana 6 ta tur uchrashuvlari bo‘lib, bahor fasli yakunida chempionat g‘olibi hamda sovrindorlar nomi aniqlanadi.

Shu kunga qadar muxlislar jami 102 ta uchrashuvni tomosha qildi. Ushbu bahslarda jamoalar raqiblar darvozasini 671 marta ishg‘ol etdi. Bu esa har bir o‘yinga o‘rtacha 6,57 tadan gol to‘g‘ri kelayotganini anglatadi.

Eng sermahsul tur Qarshi shahrida o‘tkazilgan 4-tur bo‘ldi. Mazkur turda har bir o‘yinda o‘rtacha 7,16 tadan gol kiritilib, mavsumning eng yuqori natijasi qayd etildi.

Aksincha, Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan 3-tur o‘rtacha gollar soni eng past bo‘lgan tur sifatida e’tirof etildi.

Barcha turlardagi o‘rtacha gollar soni quyidagicha:
• 1-tur — 6,83 ta gol
• 2-tur — 6,27 ta gol
• 3-tur — 5,83 ta gol
• 4-tur — 7,16 ta gol
• 5-tur — 6,66 ta gol
• 6-tur — 6,61 ta gol

Raqamlar shuni ko‘rsatmoqdaki, deyarli har bir turda o‘rtacha 6 tadan ortiq gol qayd etilmoqda. Bu esa joriy mavsumda Oliy ligada hujumkor futbol ustun kelayotganini, jamoalar g‘alaba uchun tavakkalga tayyor ekanini anglatadi. Ayniqsa, kuchli uchlikka kirish uchun kurash olib borayotgan jamoalarning ochiq futbol namoyish etishi umumiy statistikaga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislar fikricha, mavsumning ikkinchi yarmida turnir jadvalidagi raqobat yanada kuchayishi kutilmoqda. Bu esa ba’zi jamoalarning ehtiyotkor uslubga o‘tishiga olib kelishi ehtimoldan xoli emas. Shunga qaramay, hozirgi tendensiyalar saqlanib qolsa, joriy chempionat Oliy liga tarixida eng sermahsul mavsumlardan biri sifatida yodda qolishi mumkin.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting