locale OZ

Futzal. G‘oliblik uchun kurash keskinlashmoqda

Havaskor jamoalar o‘rtasidagi “O‘FF Prezidenti kubogi” musobaqasida g‘olib chiqish uchun kurash turdan turga keskinlashib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. G‘oliblik uchun kurash keskinlashmoqda
photo: UFF

Havaskor jamoalar o‘rtasidagi “O‘FF Prezidenti kubogi” musobaqasida g‘olib chiqish uchun kurash turdan turga keskinlashib bormoqda. Ayni paytda jamoalar 13-tur uchrashuvlarini ortda qoldirishdi. Musobaqa jadvalida bir qator sobiq futzalchilarni o‘zida jamlagan “Parma” jamoasi peshqadamlik qilayapti. Sovrinli o‘rinlar uchun kurashda BMB, SQB hamda O‘zbekiston yoshlar terma jamoalarining ham imkoniyatlari yaxshi.

So‘nggi turda muxlislar bir qator shiddatli o‘yinlarning shohidi bo‘lishdi. Jumladan, “Istiqlol” jamoasi kutilmaganda BMB havaskorlarini gollarga boy o‘yinda bitta to‘p farqi bilan mag‘lubiyatga uchratdi. “Parma” hamda SQB jamoalari o‘rtasidagi bahsda tomonlar durangga rozi bo‘lishdi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi esa musobaqa mezbonlari – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasini tor mor etdi. Bojxonachilar Iqtisod va moliya vazirligi jamoasidan ustun kelgan bo‘lsa, “Kamol Construction” jamoasi “Olimpik”ni dog‘da qoldirdi.

photo: UFF



“O‘FF Prezidenti kubogi” musobaqasining navbatdagi – 14-tur uchrashuvlari shu oyning ikkinchi shanba kuni – 11-aprel sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting