locale OZ

Futzal. Futzal. Shuhrat Tojiboyev SQBning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Mamlakat vitse-chempioni hamda O‘zbekiston kubogi finalchisi — Toshkentning SQB FUTZAL klubi jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanganligini ma’lum qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Futzal. Shuhrat Tojiboyev SQBning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi
photo: UFF

Mamlakat vitse-chempioni hamda O‘zbekiston kubogi finalchisi — Toshkentning SQB FUTZAL klubi jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanganligini ma’lum qildi.

Klubning rasmiy Telegram kanali xabariga ko‘ra, O‘zbekiston futzalining yaqin o‘tmishdagi yorqin namoyandalaridan biri, O‘zbekiston milliy terma jamoasida bosh murabbiy yordamchisi bo'lib ishlab kelayotgan Shuhrat Tojiboyev jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Tomonlar o‘rtasida tegishli shartnoma imzolangan.

Shuhrat Tojiboyev futbolchilik faoliyati davomida ham, murabbiy sohasida ham mamlakat futzali rivojiga munosib hissa qo‘shgan mutaxassislardan biri sanaladi. Endilikda u yuqori maqsadlarni ko‘zlayotgan SQB FUTZALni yangi marralar sari boshlab boradi.

Klub matbuot xizmati yangi murabbiyga muvaffaqiyat tilab, quyidagi murojaatni e’lon qildi:

“Yangi bosh murabbiyimizga klubimiz safida ulkan muvaffaqiyatlar, yorqin g‘alabalar va unutilmas natijalar tilaymiz. Jamoamizga xush kelibsiz, Shuhrat Farhodovich!”

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting