Futzal. Final uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar ma`lum
O’zbekiston futbol hakamlari markazi ertaga – 2026-yining 3-iyun sanasida poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida o’tadigan final uchrashuvida faoliyat yurituvchi hakamlar ro'yxatini e`lon qildi.
Unga ko’ra final o’yinini FIFA hakami Anatoliy Rubakov boshqarib boradi. Qanotda esa FIFA referesi Nikita Afinogenov yordam beradi. Yana bir tajribali hakam Umid Po’latov zahira hakami sifatida ishlasa, Sardor Mirodilov zimmasiga vaqtni nazorat etib borish vazifasi yuklatilgan. Uchrashuv hakamlari faoliyatini Baxtiyor Namozov nazorat qilib boradi.
O'zbekiston kubogi — 2026
FINAL
BMB PFC — SQB
Manzil: Toshkent shahri
Majmua: "Yunusobod" sport majmuasi
Sana: 3-iyun | Chorshanba
Boshlanish vaqti: 18:00
Bosh hakam: Anatoliy Rubakov
Yordamchi hakam: Nikita Afinogenov
Zaxira hakami: Umid Po'latov
Xronometrist: Sardor Mirodilov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Jaxongir Raxmatullayev
Efir: “Futbol-TV” | ⁉️
Efir: O’FF YouTube kanali | ⁉️
Sharhlovchi: Sardor Rahimov