locale OZ

Futzal. Ertaga Qarshi shahrida 11-tur bahslari start oladi

Futzal bo‘yicha mamlakat milliy chempionati — Oliy liga bahslari o’zining hal qiluvchi pallasiga yetib keldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Ertaga Qarshi shahrida 11-tur bahslari start oladi
photo: UFF

Futzal bo‘yicha mamlakat milliy chempionati — Oliy liga bahslari o’zining hal qiluvchi pallasiga yetib keldi. Chempionatning g’olib hamda sovrindorlari nomini aniqlaydigan turlari boshlanmoqda. Ertaga Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida 11-tur uchrashuvlari start oladi.

11-turda muxlislar ko’plab qiziqarli va unutilmas voqeliliklarni hozirlab qo’ygan, desak mubolag’a bo’lmaydi. Katta ehtimol bilan bu turda XXIX milliy chempionatimizning 1000-golini muxlislarimiz tomosha qilishlari mumkin. Shuningdek, mamlakat chempioni nomi ham mazkur turda muddatidan oldin aniqlanishi ehtimoli yo’q emas. Sovrinli o’rinlarga da`vogarlik qilayotgan jamoalarning o’zaro to’qnashuvlari esa dasturlarning kulminatsion nuqtasi bo’ladi. Shu ma`noda “Geolog” sport majmuasiga kelgan ishqibozlar adashishmaydi. 2025/2026-yilgi futzal mavsumining eng qaynoq lahzalaridan bahramand bo’lishadi.

Yana bir ma’lumot, Qashqadaryo viloyatidagi tur o‘yinlarini O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendes bevosita kuzatib borish taraddudida. Milliy terma jamoa nomzodligiga erishish ilinjidagi iste’dodli o‘yinchilarimiz uchun bu qo‘shimcha ishtiyoqdir.

Biz barcha futzal ishqibozlari hamda Qarshi shahri aholisi va mehmonlarini Oliy liganing 11-tur uchrashuvlariga taklif etamiz. Shu o‘rinda O‘FF tasarrufi ostida o‘tkazib kelinayotgan barcha musobaqalarga muxlislarning kirishi mutlaqo bepul ekanligini ham eslatib o‘tmoqchimiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting