locale OZ

Futzal. Ertaga o'ttizinchi milliy chempionat start oladi

Oliy liganing 1-tur uchrashuvlari Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasining sport zalida boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Ertaga o'ttizinchi milliy chempionat start oladi
photo: UFF

Futzal bo'yicha ertaga o'ttizinchi milliy chempionat start oladi.

Yangi mavsum, yangi maqsadlar va yangi chempionlik poygasi! Ertaga mamlakatimiz milliy chempionatining XXX mavsumi start oladi.

Oliy liganing 1-tur uchrashuvlari Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasining sport zalida boshlanadi.

12 ta jamoa — bitta katta maqsad! Mamlakatimizning eng kuchli futzal jamoalari chempionlik sari uzoq, mashaqqatli va murosasiz yo‘lga otlanadi. Reglamentga ko‘ra, jamoalar uch davra davomida 12 turda bahs olib boradi. Mavsum davomida muxlislarni jami 198 ta qiziqarli va murosasiz uchrashuv kutmoqda.

Yangi mavsum — yangi imkoniyatlar! Futzal ishqibozlarini bir qator yangiliklar kutmoqda. Klublarimiz safiga yangi legionerlar qo‘shildi, xorijlik futzalchilar geografiyasi kengaydi. Shuningdek, jamoalar tarkibida yoshlar va o‘smirlar terma jamoalarimizga nomzod iqtidorli futzalchilar soni ham ortdi.

Fursatdan foydalanib, barcha futzal ishqibozlarini sevimli jamoalarini qo‘llab-quvvatlash uchun Jizzax shahriga chorlaymiz!

Taqvimga ko‘ra, har kuni muxlislarni uchta qizg‘in bahs kutmoqda. Viloyat futbol akademiyasining sport zalida sizni nafaqat keskin uchrashuvlar, balki yangi mavsumga xos haqiqiy futzal muhiti kutib turadi!

XXX milliy chempionat — katta futbol, katta maqsadlar va katta kurash!

1-tur uchrashuvlari taqvimi yuqoridagi suratlarda batafsil aks ettirilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting