Futzal. Ekspert hakamlar guruhi “Oil Star” – BMB uchrashuvidagi bahsli epizod yuzasidan xulosa berdi
“Oil Star” va BMB jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning 19-daqiqasida bosh hakam “Oil Star” darvozasi yaqinida jarima zarbasi belgiladi.
Ushbu epizodni qayta ko‘rib chiqqan ekspert hakamlar guruhi quyidagi xulosalarga keldi:
Dastlabki vaziyatda “Oil Star” darvozaboni va BMB jamoasining 14-raqamli futbolchisi o‘rtasida to‘qnashuv kuzatilgan bo‘lsa-da, ushbu holat 6 metrlik jarima zarbasini tayinlash uchun yetarli bo‘lmagan.
Jarima zarbasi bosh hakam tomonidan “Oil Star”ning 6-raqamli futbolchisi BMBning 17-raqamli futbolchisini qo‘li bilan ushlab qolgani sababli belgilangan.
Shu bois “Oil Star” futbolchisiga sportga xos bo‘lmagan harakati uchun sariq kartochka ko‘rsatilgan.
Ekspert hakamlar guruhi yakuniy xulosasiga ko‘ra, bosh hakam mazkur epizodda to‘g‘ri qaror qabul qilgan.