locale OZ

Futzal. «Dinamo» Toshkentda peshqadam bilan durang qayd etdi

Futzal bo‘yicha Oliy liga 7-turi doirasida «Dinamo» futzal jamoasi Toshkentda turnir peshqadami «BMB» jamoasiga qarshi parketga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. «Dinamo» Toshkentda peshqadam bilan durang qayd etdi
photo: UFF

Futzal bo‘yicha Oliy liga 7-turi doirasida «Dinamo» futzal jamoasi Toshkentda turnir peshqadami «BMB» jamoasiga qarshi parketga tushdi.

Qiziqarli o‘tgan bahsda Dilshod Haydarqulov shogirdlari yulduzli tarkibga ega bo‘lgan «BMB» bilan tengma-teng kurashib, 4-daqiqadayoq Dalerjon Eshonqulovning ajoyib goli evaziga hisobni ochishdi – 1:0.

Peshqadam jamoa esa 16-daqiqada penaltidan hisobni tenglashtirdi – 1:1. Shiddatli kechgan bahsda ushbu hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi va «dinamochilar» Oliy liga peshqadami bilan durang qayd etishdi. Jamoamiz a’zosi Mehroj Xudoyberdiyev uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Oliy liga. 7-tur, 3-kun
9 yanvar, juma
«BMB» – «Dinamo» – 1:1
Gollar:
0:1 — Daler Eshonqulov (4')
1:1 — Muzaffar Axadjonov (16'-p).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting