Futzal. Dilshod Xaydarqulov ikkinchi marta “tur murabbiyi” deb topildi
Ma’lumki, O‘zbekiston futzal federatsiyasi har bir turdan so‘ng milliy chempionat doirasida “Turning eng yaxshi murabbiyi”ni aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazib kelmoqda.
Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan 5-tur yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan navbatdagi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovozni Samarqandning “Dinamo” jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Xaydarqulov to‘pladi — 46 foiz.
Garchi, barcha uchta uchrashuvda g‘alaba qozongan yagona jamoa bo‘lishiga qaramay, SQB ustozi Konstantin Sviridov 20 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

So‘rovnomada keyingi o‘rinlar “Oil Star” bosh murabbiyi Fuzuli Xayrullaev, “Lokomotiv” murabbiyi Ahadjon Yusupov hamda “Nasaf” ustozi Alisher Yusupov tomonidan band etildi.
Shu o‘rinda barcha turlarda “Turning eng yaxshi murabbiyi” deb topilgan mutaxassislar ro‘yxatini e’tiboringizga havola etamiz:
• 1-turning eng yaxshi murabbiyi — Dilshod Xaydarqulov
• 2-turning eng yaxshi murabbiyi — Dilshod Rahmatov
• 3-turning eng yaxshi murabbiyi — Dilshod Rahmatov
• 4-turning eng yaxshi murabbiyi — Ravshan Rajabov
• 5-turning eng yaxshi murabbiyi — Dilshod Xaydarqulov