Futzal/ Bugun — Toshkent viloyati yoshlari uchun navbat
O‘zbekiston futzal federatsiyasining "Iste’dodlarni izlaymiz" seleksiya loyihasi bugun Toshkent viloyatida davom etadi.
"Futzalga mehr qo‘ygan, o‘z salohiyatini namoyon etishni istagan barcha yoshlarni Chirchiq shahridagi “Kimyogar” sport majmuasiga taklif etamiz.
Hurmatli ota-onalar va murabbiylar!
Iqtidorli farzandlaringiz va shogirdlaringizning kelajagi uchun yana bir muhim imkoniyat yaratildi. Ularni seleksiyaga olib keling va o‘z mahoratini namoyish etishlariga ko‘maklashing.
Ehtimol, bugungi tanlovda ishtirok etadigan yoshlar orasidan ertangi kunda O‘zbekiston futzalining yangi yulduzlari yetishib chiqadi.
Ko‘rik-tanlov mashg‘ulotlari bugun soat 15:30 da boshlanadi.
Manzil: Chirchiq shahri, "Kimyogar" sport majmuasi",-deb yoziladi UFF rasmiy sahifasida.