Futzal. Bugun Oliy ligada 2-tur boshlanadi
Andijon shahridagi muhtasham “Universal” sport majmuasida bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati – Oliy liganing 2-tur uchrashuvlari start oladi. Mamlakatimizning eng kuchli 18 jamoasi olti kun mobaynida vodiylik futzal ishqibozlari diqqatiga shiddatli o‘yinlarni taqdim etishadi.
Turning dastlabki uchrashuvida besh karra mamlakat chempioni – Olmaliq shahrining OKMK jamoasi Termizning “Surxon” jamoasini sinovdan o‘tkazadi. Uchrashuv soat 15:00 da boshlanadi.
Soat 17:00 da amaldagi chempion BMB PFC Farg‘onaning “Neftchi” klubiga qarshi saf tortadi. Mazkur bahsda ham muxlislar murosasiz o‘yin guvohi bo‘lishlari aniq.
Kunning so‘nggi uchrashuvi esa soat 19:00 da start oladi va unda “Qizilqum” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi qiziqarli o‘yinni tomosha qilamiz.