Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yevropa safarini g‘alaba bilan boshladi
Budapesht yaqinidagi Budayörsh shahrida terma jamoamiz Vengriya bilan rejalashtirilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarining birinchisida maydonga chiqib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golga Ilhomjon Hamroyev mualliflik qildi.
Butun o’yin davomida O’zbekiston terma jamoasi sezilarli ustunlikka ega bo‘ldi. To‘p nazorati, raqib darvozasi tomon yo‘llangan zarbalar hamda yaratilgan gollik vaziyatlar bo‘yicha terma jamoamizning ko’rsatkichi yakuniy hisobda ham o‘z aksini topdi.
XALQARO O'RTOQLIK UCHRASHUVI
17-sentabr 2026-yil
Vengriya 0:1 O‘zbekiston 🇺🇿
GOL:
0:1 — Ilhomjon Hamroyev (11')
Bir kunlik tanaffusdan so‘ng, jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Bahs Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
Yevropa safari davom etadi!