locale OZ

Futzal. BMB yangi o'yinchilar bilan shartnomalar imzoladi

O‘zbekistonning amaldagi chempioni — “BMB PFC” yangi mavsum oldidan tarkibini tajribali va iqtidorli futzalchilar bilan kuchaytirmoqda.
Futzal. BMB yangi o'yinchilar bilan shartnomalar imzoladi
photo: UFF

O‘zbekistonning amaldagi chempioni — “BMB PFC” yangi mavsum oldidan tarkibini tajribali va iqtidorli futzalchilar bilan kuchaytirmoqda.

Jizzax klubi Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi a’zosi Doniyorbek Amanbayev hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Asilbek Vafoyev bilan rasman shartnoma imzoladi. Har ikki futzalchi o‘tgan mavsumni Qarshining “Nasaf” jamoasi safida o‘tkazgan.

Shuningdek, jamoa braziliyalik futzalchilar — Jean Aldemiro Silva de Jesus, Vitor Manoyel da Silva hamda Alex Dias da Silva bilan shartnomalarni uzaytirdi. 🇧🇷

Chempionlar tarkibiga O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Shahram Faxriddinov, yoshlar terma jamoasi futzalchilari Shohjahon Zamirxonov, Shahzod Abdurahmonov va Jamoliddin Sattorov ham qo‘shildi.

Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni, transfer yangiliklari, shuningdek, jamoalarga qo‘shilayotgan mahalliy va xorijlik futzalchilar haqidagi ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali muntazam yoritib boramiz.

Bizni kuzatishda davom eting va futzal olamidagi eng so‘nggi yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting