locale OZ

Futzal. BMB 5-avgustdan mashg‘ulotlarga kirishadi

Yangi mavsum oldidan jamoa tarkibida ham bir qator o‘zgarishlar kutilmoqda.
Futzal. BMB 5-avgustdan mashg‘ulotlarga kirishadi
photo: UFF

Mamlakatimizning amaldagi chempioni — Jizzaxning BMB PFC jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni 5-avgust sanasidan boshlaydi. Ayni paytda klubda mashg‘ulotlar jarayoniga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Yangi mavsum oldidan jamoa tarkibida ham bir qator o‘zgarishlar kutilmoqda. Klub rahbariyati murabbiylar shtabi oldiga tarkibni yoshartirish hamda iqtidorli futzalchilar bilan kuchaytirish vazifasini qo‘ygan.

Bu yo‘ldagi ilk qadam ham tashlandi. Klubning mashg'ulotlariga O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Asilbek Vafoyev, Shahram Faxriddinov, shuningdek, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi Jamoliddin Sattorovlar kelib qo‘shilishi kutilmoqda.

Klub oldiga katta maqsadlar qo‘yilgan. Mashg‘ulotlar boshlanganidan so‘ng yana bir qator yangi futzalchilar ko‘rikdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Transfer oynasi yopilguniga qadar jamoaning barcha chiziqlarida yangi nomlar paydo bo‘lishi ehtimoli mavjud.

Jizzaxliklar bu yilgi mavsumni ham O‘zbekiston Superkubogi bahsi bilan boshlaydi. Mamlakat chempioni va Kubok sohibi — BMB PFC hamda vitse-chempion va Kubok finalchisi — SQB PFC o‘rtasidagi Superkubok uchrashuvi 2026-yil 2-sentabr kuni poytaxtimizda bo‘lib o‘tadi.

Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni, transfer yangiliklari hamda jamoaga qo‘shilayotgan mahalliy va xorijlik futzalchilar haqida ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali muntazam ma’lumot berib boramiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting