locale OZ

Futzal bahsida raqibasining boshiga ikki marta tepgan futbolchi 5 yilga chetlatildi

Mojaroni to‘xtatish uchun RDJ Sportning yana bir futbolchisi aralashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal bahsida raqibasining boshiga ikki marta tepgan futbolchi 5 yilga chetlatildi
Foto: Getty Images

Braziliyaning Eusebio shahri ayollar futzal chempionatida RDJ Sport va As Resenhas jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv dahshatli mojaro bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda hisob RDJ Sport foydasiga 1:0 bo‘lib turgan paytda As Resenhas futbolchilaridan biri raqibasiga hujum qildi. U parketda yotgan futzalchining boshiga ketma-ket ikki marta oyoq bilan zarba berdi.

Mojaroni to‘xtatish uchun RDJ Sportning yana bir futbolchisi aralashdi. Biroq tajovuzkor sportchi unga ham tashlanib, yuziga bir necha bor musht tushirdi. Voqea maydondagi futbolchilar va tomoshabinlarda keskin norozilik uyg‘otdi, uchrashuv esa vaqtincha to‘xtatildi.

Eusebio shahar ma'muriyati hodisadan afsusda ekanini bildirib, bunday zo‘ravonlik sport tamoyillariga mutlaqo zid ekanini ta'kidladi. Hujum qilgan futzalchi keyingi besh yil davomida shaharda tashkil etiladigan barcha sport musobaqalarida qatnashish huquqidan mahrum qilindi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting