locale OZ

Futzal. AFC klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionati Reglamentini tasdiqladi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) futzal bo'yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining 2027-yilgi mavsum Reglamentini rasman tasdiqladi.
Futzal. AFC  klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionati Reglamentini tasdiqladi
photo: UFF

Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) futzal bo'yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining 2027-yilgi mavsum Reglamentini rasman tasdiqladi.

Unga ko‘ra, kelasi yilda bo‘lib o‘tadigan musobaqada 2026-yilgi mavsum bo’yicha Eron, Indoneziya, Yaponiya, Iroq, O‘zbekiston, Tailand, Afg‘oniston va Vyetnam mamlakatlari chempionlari ishtirok etishadi. Mazkur mamlakat chempionlari uchun taklifnomalar milliy federatsiyalariga qish faslida jo’natilishi kutilmoqda.

Reglamentga muvofiq musobaqaning dastlabki bosqichida 8 ta jamoa qur’a tashlash yo‘li bilan 2 ta guruhga bo‘linadi va bir davrali tizimda o‘zaro kuch sinashadi. Guruhlarda 1–2-o‘rinlarni egallagan jamoalar yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Musobaqaning o’tish muddati va qabul qiluvchi mezbon mamlakat nomi hali aniqlanmagan.

Ma’lumot uchun, klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati 2010–2019-yillar oralig‘ida 10 marta o‘tkazilgan. Ushbu davrda Eron va Yaponiya klublari 4 martadan, Tailand klublari esa 2 marta chempionlikni qo‘lga kiritgan.

O‘zbekiston chempionlari musobaqaning barcha mavsumlarida ishtirok etgan. Eng yaxshi natija 2012-yilda qayd etilgan bo‘lib, Toshkentning "Ardus" jamoasi finalgacha yetib borgan va hal qiluvchi uchrashuvda Eronning "Giti Pasand" klubiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medallar bilan taqdirlangan.

2019-yilgi so‘nggi o‘tkazilgan musobaqada esa Olmaliqning OKMK jamoasi yarim finalda Eronning "Mes Sungun", 3-o‘rin uchun bahsda esa Vyetnamning "Tai Son Nam" jamoasiga mag‘lub bo‘lgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting