locale OZ

Futzal. AFC klublar chempionati o'tish muddatini ma’lum qildi

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) 2027-yilgi mavsumdan futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi qit’a chempionatini qayta yo‘lga qo‘yish rejasini e`lon qilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. AFC klublar chempionati o'tish muddatini ma’lum qildi
photo: UFF

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) 2027-yilgi mavsumdan futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi qit’a chempionatini qayta yo‘lga qo‘yish rejasini e`lon qilgandi. AFC qarorgohidan navbatdagi musobaqa muddati bo'yicha ma`lumot oldik. Unga ko'ra, so‘nggi Osiyo kubogining chorak finaliga qadar yetib borgan 8 mamlakat chempionlari musobaqasi 2027-yilning 6 — 11-dekabr sanasida o'tkaziladi.

Musobaqada ishtirok etuvchi mamlakatlar — Indoneziya, Vyetnam, Yaponiya, Afg‘oniston, Tailand, Iroq, Eron hamda O‘zbekiston chempionlari qur’a natijasiga ko‘ra ikki guruhga taqsimlanadi. Guruh bosqichida 1- va 2-o‘rinni egallagan jamoalar Yarim finaldan bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradi.

Musobaqa sanasi: 2027-yil 6–11-dekabr.

O‘tkazilish manzili: keyinroq qo‘shimcha ravishda ma`lum qilinadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting