locale OZ

Futzal. Аbdulla Boʼriev: “Gol boʼlmasa, gʼalaba ham boʼlmaydi”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Аbdulla Boʼriev: “Gol boʼlmasa, gʼalaba ham boʼlmaydi”
PHOTO: Telegram

Futzal bo'yicha o'zbekiston kubogi “b” guruhi “Oil-star” 3:1 "Bunyodkor" o'yinidan so'ng, “qaldirg'ochlar” jamoasi bosh murabbiyi quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Bugun qiziqarli o'yinning shohidi boʼldik. Taymlar bir biriga oʼxshamadi. Birinchi taymni biz yaxshi boshladik. Voqealar rivoji biz kutgan stsenariy boʼyicha ketayotgandi. Lekin kutilmaganda darvozabonimiz ikkita golga sababchi boʼlib qoldi. Oddiy vaziyatlarda gol qoʼyib yubordi, bu maydondagi yigitlarga ham taʼsir koʼrsatdi. Bugun durang oʼynaganimizda ham pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qolardik. Hisob tenglashgach yigitlar sarosimada gol o'tkazib yuborishdi. Vaqt tanqisligida beshinchi oʼyinchini tushirdik. Yana gol qoʼyib yubordik. “Oil star” juda yaxshi shakllangan jamoa. Doimo kuchlilar safida yuradi. Bizning yigitlar bugun qoʼllaridan kelgancha harakat qilishdi. Oʼz navbatida kamchiliklarimiz ham koʼrindi. Ishlaydigan jihatlarimiz mavjud. Bugun raqibga nisbatan koʼproq vaziyat yaratdik. Аmmo foydalanishda oqsadik. gol boʼlmasa, gʼalaba ham boʼlmaydi. Endi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaymiz”,-deydi mutaxassis.

Bu bahsdan so'ng, 5 o‘yinda 100% natija ko‘rsatgan "Oil Star" 15 ochko bilan birinchi, ikkinchi g‘alabasini rasmiylashtirgan "Neftchi" 7 ochko bilan ikkinchi bo‘lsa, uchinchi o‘rindagi "Bunyodkor" hisobida 3 ochko mavjud. Bundan kelib chiqadiki, oxirgi turda qanday natija qayd etilishidan qat`i nazar "qaldirg‘ochlar" "Neftchi"ga yeta olmaydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting