locale OZ

Futzal. 7-yanvar soat 00:00 dan boshlab qishki transfer oynasi rasman yopiladi

2026-yil 7-yanvar sanasidan poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida mamlakat milliy chempionati — Oliy liga 7-tur uchrashuvlari start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. 7-yanvar soat 00:00 dan boshlab qishki transfer oynasi rasman yopiladi
photo: UFF

Qishki transfer oynasining so‘nggi besh kuni mamlakatimizda Yangi yil bayrami munosabati bilan belgilangan dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgani hamda Oliy liga jamoalarining murojaatlari inobatga olingan holda, Oʻzbekiston futzal federatsiyasi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini yana uch kunga uzaytirishga qaror qildi.

Endilikda futzal klublari tarkibini yangi o‘yinchilar bilan to‘ldirishi va ularni ro‘yxatdan o‘tkazishi uchun so‘nggi muddat:

6-yanvar
23:59 gacha

7-yanvar soat 00:00 dan boshlab qishki transfer oynasi rasman yopiladi.

Shuningdek, 2026-yil 7-yanvar sanasidan poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida mamlakat milliy chempionati — Oliy liga 7-tur uchrashuvlari start oladi.

⏳ Qishki transfer oynasi muddati:
➡️ 2025-yil 22-dekabr
➡️ 2026-yil 6-yanvar

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting