Futzal. 3- Osiyo yoshlar o‘yinlariga tayyorgarlik avjida
Jizzax shahridagi Futbol akademiyasi sport zalida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 22-31-oktabr sanalarida Bahraynda bo‘lib o‘tadigan III Osiyo Yoshlar o‘yinlariga qizg‘in hozirlik ko‘rishmoqda.
Dilshod Rahmatov boshchiligidagi murabbiylar shtabi yigitlarning jismoniy tayyorlarligini oshirish, o‘yin uslubini shakllantirish, turli kombinatsiyalarni ishlab chiqish, futzalchilarning maydonda bir-birlarini so‘zsiz tushunishlariga erishish borasida jiddiy ish olib borishyapti. Biz so‘z bilan aytganda, o‘smirlarimizning ilk xorij musobaqasida muvaffaqiyat qozonishlari yo‘lida barcha sa’yi harakatlar amalga oshirilmoqda.
O‘z o‘rinda o‘smirlarimiz ham g‘ayrat shijoat bilan mehnat qilishayotganini ta’kidlash lozim. Terma jamoa a’zolaridagi ishtiyoq ularning yuksak natijalarni qo‘lga kiritishlariga umidni oshirmoqda.