Futzal. 29-noyabr kuni O'FF Prezidenti kubogida 3-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi
Havaskor jamoalar o‘rtasida mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan “O'FF Prezidenti kubogi” musobaqasining 3-tur uchrashuvlari ertaga bo‘lib o‘tadi. Bellashuvlar soat 08:00 dan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida tashkillashtiriladi.
Mazkur musobaqa mamlakatimizda futzalni yanada ommaviylashtirish, uning quyi qatlamlarda rivojiga hissa qo‘shish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek, yosh iste’dodlar uchun o‘yin amaliyoti yaratish maqsadida tashkil etilgan. Shu bois turnir tom ma’noda eng ommaviy musobaqalardan biriga aylanishini bashorat qilish mumkin.
Quyida 3-turda kuch sinashadigan juftliklar ro‘yxati bilan tanishing:
“O'FF Prezidenti kubogi”
3-tur. 29 noyabr (shanba)
• 8:00. IMV – BMB
• 9:00. Yoshlar t.j. – Bojxona
• 10:00. TATU – Olimpik
• 11:00. Istiqlol – SQB
• 12:00. Parma – Kamol Construction
Izoh: TATU sport majmuasiga kirish va bahslarni tomosha qilish mutlaqo bepul.