locale OZ

Futzal. 27-dekabr kuni “O'FF Prezidenti kubogi”da 6-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi

Bellashuvlar soat 08:00 dan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida tashkillashtiriladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. 27-dekabr kuni “O'FF Prezidenti kubogi”da 6-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi
photo: UFF

Havaskor jamoalar o‘rtasida mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan “O'FF Prezidenti kubogi” musobaqasining 6-tur uchrashuvlari shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuvlar soat 08:00 dan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida tashkillashtiriladi.

Mazkur musobaqa mamlakatimizda futzalni yanada ommaviylashtirish, uning quyi qatlamlarda rivojiga hissa qo‘shish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek, yosh iste’dodlar uchun o‘yin amaliyoti yaratish maqsadida tashkil etilgan. Shu bois turnir tom ma’noda eng ommaviy musobaqalardan biriga aylanishini bashorat qilish mumkin.

Quyida 6-turda kuch sinashadigan juftliklar ro‘yxati bilan tanishing:

“O'FF Prezidenti kubogi”
6-tur. 27-dekabr (shanba)

• 8:00. BMB – Kamol Construction
• 9:00. Bojxona – Parma
• 10:00. TATU – Istiqlol
• 11:00. Yoshlar t.j. – IMV
• 12:00. Olimpik – SQB

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting