locale OZ

Futzal. 2-tur start olishiga 2 kun qoldi

Toshkentda o‘tkazilgan dastlabki tur bahslaridan so‘ng, chempionatimizda qo‘shhokimlik kuzatilyapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. 2-tur start olishiga 2 kun qoldi
photo: UFF

Yana ikki kundan so‘ng Andijon shahri markazidagi muhtasham “Universal” sport majmuasida futzal bo‘yicha mamlakat XXIX milliy chempionati – Oliy liganing 2-tur uchrashuvlariga start beriladi. Vodiylik futzal ishqibozlari olti kun mobaynida har kuni uchtadan – jami 18 ta murosasiz, shiddatli o‘yinlarning shohidi bo‘lishadi.

Toshkentda o‘tkazilgan dastlabki tur bahslaridan so‘ng, chempionatimizda qo‘shhokimlik kuzatilyapti. Qarshining “Nasaf” hamda Toshkentning SQB jamoalari yuz foizlik ochko jamg‘arishib, peshqadamlik qilishmoqda. Vohaliklar kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbatiga ko‘ra birinchi, poytaxtliklar esa ikkinchi pog‘onani egallab turishibdi. Jizzaxning BMB hamda Samarqandning “Dinamo” jamoalari esa bittadan uchrashuvda durang qayd etishib, 7 tadan ochko bilan 3-4-o‘rinlarni bo‘lib turishibdi. Ilk turni “Lokomotiv” hamda OKMK ham ishonchli o‘tkazdi va 6 tadan ochko jamg‘arishib, keyingi pog‘onalarni band etishgan.

Dastlabki uchrashuvda amaldagi chempion bilan durang qayd etgan “Oil Star” kutilmaganda ikkinchi o‘yinni boy berib qo‘ydi. Ammo o‘tgan mavsum vitse-chempioni uchinchi o‘yin kuni o‘ziga keldi va muhim g‘alaba evaziga ochkolari sonini 4 taga yetkazib oldi. “Bunyodkor”da 3, “Qizilqum”da 1 ochko bor. Uchta klub – “Surxon”, “Maksam-Chirchiq” hamda “Neftchi” hozircha ochkoga ega emas.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting