Futzal. 15-noyabr kuni ÖFF Prezidenti kubogi”da 2-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi
Havaskor jamoalar o‘rtasida mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan “ÖFF Prezidenti kubogi” musobaqasining 2-tur uchrashuvlari ertaga bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bellashuvlar ertalab soat 8:00 dan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida o‘tkaziladi.
Musobaqa mamlakatimizda futzalni yanada ommaviylashtirish, uning quyi qatlamlarda rivojiga hissa qo‘shish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek, yosh iste’dodlar uchun o‘yin amaliyoti yaratish maqsadida tashkil etilgan. Shu bois mazkur turnir tom ma’noda eng ommaviy musobaqalardan biriga aylanishi kutilmoqda.
Turnir ishtirokchilari orasida ishchilar, xizmatchilar, futbol fidoyilari, o‘qituvchilar, talabalar, maktab o‘quvchilari, shuningdek, professional futboldan ketgan sobiq o‘yinchilar ham bor. Ularning hamjihat va uyg‘un o‘yinlari musobaqaga tomoshaboplik, murosasiz bahs va unutilmas lahzalar bag‘ishlamoqda.
Quyida 2-turda kuch sinashadigan juftliklar ro‘yxati bilan tanishing:
“ÖFF Prezidenti kubogi”
2-tur. 15 noyabr (shanba)
• 8:00. BMB – Yoshlar t.j.
• 9:00. Bojxona – TATU
• 10:00. SQB – IMV
• 11:00. Kamol Construction – Istiqlol
• 12:00. Olimpik – Parma