locale OZ

Futzal. 10-tur bahslariga Jizzax shahri mezbonlik qiladi

Futzal bo‘yicha mamlakat milliy chempionati — Oliy liga jamoalari o‘rtasidagi keyingi turlar muddati va manziliga aniqlik kiritildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. 10-tur bahslariga Jizzax shahri mezbonlik qiladi
photo: UFF

Futzal bo‘yicha mamlakat milliy chempionati — Oliy liga jamoalari o‘rtasidagi keyingi turlar muddati va manziliga aniqlik kiritildi. Jumladan, navbatdagi – 10-tur uchrashuvlari joriy yilning 30-martidan 3-aprelgacha Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi. Tur o‘yinlariga viloyat futbol akademiyasi sport zali mezbonlik qiladi.

10-tur oldidan amaldagi chempion “BMB PFC” eng yaqin ta’qibchisi “Oil Star” dan 9 ochkoga ilgarilab ketgan. Ketma ket uch mavsum davomida ham chempionat, ham kubok bahslarida bosh sovrinni begona qilmay kelayotgan jizzaxliklar bu gal ham muddatidan avval o‘z unvonlarini himoya etishlari ehtimoli tur o‘tgan sayin oydinlashmoqda. Ushbu mavsumdan e’tiboran chempionatda debyutini boshlagan SQB jamoasi esa karvonboshidan 10 ochko ortda qolmoqda. Sovrinli o‘rinlarga Toshkent viloyatining OKMK jamoasi ham da’vogarlik qilmoqda.

Musobaqa jadvalining oltin o‘rtaligidan joy olgan “Nasaf”, “Lokomotiv”, “Dinamo”, “Neftchi” hamda “Bunyodkor” istalgan raqibning kayfiyatini buzib, rejalarini o‘zgartirib yuborishi hech gap emas. Qolaversa, “Maksam-Chirchiq” hamda “Qizilqum” ham o‘z raqiblari va muxlislariga kutilmagan “sovg‘alar”ni hadya etib turishlarini inobatga oladigan bo‘lsak, chempionatning qolgan tur uchrashuvlari keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lishini taxmin etish mumkin.

Biz barcha futzal ishqibozlari hamda Jizzax shahri aholisi va mehmonlarini Oliy liganing 10-tur uchrashuvlariga taklif etamiz. O‘FF tasarrufi ostida o‘tkazib kelinayotgan barcha musobaqalarga muxlislarning kirishi mutlaqo bepul.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting