locale OZ

Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda! — umumta’lim maktablari o‘rtasida mini-futbol musobaqasi boshlandi

Musobaqaning birinchi bosqichi — shahar va tuman bosqichi 1–8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo'lib o'tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda! — umumta’lim maktablari o‘rtasida mini-futbol musobaqasi boshlandi
photo: UFA

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida mamlakatimiz umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Oʻzbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 262-sonli Prezident qarorida belgilangan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida “Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” shiori ostida futbol musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Musobaqaning birinchi bosqichi — shahar va tuman bosqichi 1–8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2025-yil 20-sentyabrdan 30-oktyabrgacha davom etadi.

Ikkinchi bosqich — viloyat bosqichi 5–8-sinflar o‘rtasida 2025-yil noyabridan 2026-yil mart oyigacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Uchinchi bosqich — Respublika final bosqichi esa 7–8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2026-yil 22–30 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Mazkur loyihaning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularni futbolga keng jalb qilish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularning kelgusidagi professional rivojlanishiga mustahkam zamin yaratishdan iborat.

“Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda!” — bu nafaqat musobaqa, balki O‘zbekiston futbolining yorqin kelajagini shakllantiruvchi tashabbusdir.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting