locale OZ

«Futbolchi 17-19 yoshda tayyor bo‘lsa, milliy jamoaga jalb qilinishi kerak» – Kannavaro

Murabbiy O‘FA matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Futbolchi 17-19 yoshda tayyor bo‘lsa, milliy jamoaga jalb qilinishi kerak» – Kannavaro
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Jahon chempionati oldidan Dubayda tashkil qilingan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan so‘ng terma jamoaga nomzod yoz futbolchilar haqida fikr bildirdi.

“Gap yoshda emas, sifatda. Futbolchining necha yoshga kirganini emas, iste’dodi va jangchi sifatidagi xarakteri muhim. Futbolchi 17-19 yoshda tayyor bo‘lsa, milliy jamoaga jalb qilinishi kerak. Nega ularni yoshi kichik deb, U-21, U-23 jamoasida qoldirishimiz kerak?

Agar qaysidir o‘yinni ko‘rgani borsam, bu shunchaki tashrif emas. Men futbolchini o‘z ko‘zim bilan real vaziyatdagi harakatlarini ko‘rishni istayman. Safarda bo‘lsam ham stadionlarga borishni yaxshi ko‘raman. O‘yinni jonli ko‘rishga hech narsa yetmaydi. Uyda o‘tirib, ketma-ket bir nechta videoni ko‘rish men uchun zerikarli. Men stadionga borib futbolchini bevosita kuzatgim keladi, chunki kichik detallarning videoda ko‘rinmasligi mumkin. Aynan o‘sha mayda jihatlar keyinchalik muhim bo‘lib chiqadi”, - deydi Kannavaro.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting