Futbol. Zaxro Anarboyeva FIFA instruktоrlik kurslarida ishtirok etdi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakili Zaxro Anarboyeva 17–21-noyabr kunlari BAAning Dubay shahrida o‘tkazilgan FIFAning “Female Coach Educators Development Pathway” instruktоrlik kurslarida qatnashdi.
Ushbu dastur ayol instruktorlar faoliyatini rivojlantirish va ularning murabbiylar tayyorlash bo‘yicha malakasini oshirishga qaratilgan. Kurs davomida ishtirokchilar murabbiylarni tayyorlashning zamonaviy metodikalari, samarali o‘qitish tamoyillari, ta’lim jarayonini tashkil etish hamda FIFAning murabbiylik bo‘yicha standartlarini chuqur o‘rgandilar.
Zaxro Anarboyeva uchun mazkur dasturda qatnashish — O‘zbekistonda ayol murabbiylar salohiyatini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib, mamlakatimizda ayollar futbolining rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratadi.
O‘FA Zaxro Anarboyevani ushbu muvaffaqiyatli ishtirok bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!