“Futbol viloyat birinchiligi” ligasi musobaqasida 21-turga kelib, FC Guliston jamoasi muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi
Sirdaryo viloyati yarim professional va havaskor futbol klublari o‘rtasidagi “Futbol viloyat birinchiligi” ligasi musobaqasida 21-turga kelib, FC Guliston jamoasi muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi. Jamoa shu bilan birga, dekabr oyida Jizzax viloyatida o‘tkaziladigan Respublika bosqichi (Pulka) musobaqasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Bugungi FC Guliston – Boyovut uchrashuvidan so‘ng jamoalarning ishtirokida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim davomida faxrli birinchi o‘rinni egallagan FC Guliston jamoasiga chempionlik kubogi tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu muvaffaqiyat FC Guliston jamoasining bir mavsum davomida namoyish etgan barqaror o‘yini, jamoaviy mehnati va yuksak professionalligining amaliy isbotidir.