locale OZ

Futbol. Ustoz va shogirdning navbatdagi dueli: hayot-mamot bahsi oldidan prevyu

Superligada qolish uchun hal qiluvchi bellashuv arafasida yana bir qiziqarli voqelik yuzaga chiqmoqda — ustoz va shogird dueli.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futbol. Ustoz va shogirdning navbatdagi dueli: hayot-mamot bahsi oldidan prevyu
photo: Mash'al fk

Ustoz va shogirdning navbatdagi dueli: hayot-mamot bahsi oldidan

Superligada qolish uchun hal qiluvchi bellashuv arafasida yana bir qiziqarli voqelik yuzaga chiqmoqda — ustoz va shogird dueli.

Ikki mutaxassisning birinchi uchrashuvi g‘olibsiz yakunlangan, hisob ochilmagan edi. Endi navbat — ikkinchi va, ehtimolki, eng muhim duelga.
“Buxoro” jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov va “Mash’al” jamoasi bosh murabbiyi Otabek Narzullayev bir paytlar Muborakning “Mash’al” klubida birga ishlagan, o‘sha paytda murabbiy va yordamchi sifatida faoliyat olib borishgan. Ularning yo‘li bir joydan boshlangan bo‘lsa-da, bugun har ikkisi o‘z armiyasi, o‘z jamoasi bilan hal qiluvchi jangga chiqmoqda.
Bu — shunchaki o‘yin emas.
Bu — obro‘, g‘urur va Superligada qolish uchun xayot-mamot kurashi!

Eslatib o‘tamiz: hal qiluvchi bahs ertaga!

5 dekabr
Qarshi shahri, “Nasaf” markaziy stadioni
15:00

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting