locale OZ

Futbol. Toshkentda Iqtidorli murabbiylar konferensiyasi boshlandi

Tadbirning ochilish marosimida OʻFA rahbariyati hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o'rtasida memorandum imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
  Futbol. Toshkentda Iqtidorli murabbiylar konferensiyasi boshlandi
photo: UFA

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Iqtidorli murabbiylar” konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Unda murabbiylar malakasini oshirish, iqtidorlarni tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish, ta’lim sifatini yaxshilash hamda seleksiya jarayonlarini ilmiy asosda takomillashtirish maqsad qilingan.

Tadbirning ochilish marosimida OʻFA rahbariyati hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o'rtasida memorandum imzolandi.

Konferensiyada Respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan bolalar futboli bo‘yicha murabbiylar va professional klublar vakillari qatnashdi. Tadbir davomida oʻzbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov, O'zbekiston U-17 terma jamoasi murabbiyi Islom Ismoilov, belaruslik mutaxassis Sergey Kubarev o'zlarining tajribalari bilan o'rtoqlashib, savollarga javob berishdi.

Mutaxassislar bolalar, o‘smirlar va yoshlar futbolida qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlar, murabbiylikdagi yangi yo‘nalishlar hamda ilg‘or yondashuvlar xususida fikr almashdilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting