locale OZ

Futbol. Sharhlovchilar uchun o‘yin qoidalaridagi yangi o‘zgarishlar bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Seminarda zamonaviy futbol talablari, VAR bilan bog‘liq holatlar, qo‘l bilan o‘ynash, ofsayd va boshqa muhim epizodlar yuzasidan amaliy misollar orqali izohlar berildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futbol. Sharhlovchilar uchun o‘yin qoidalaridagi yangi o‘zgarishlar bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
photo: UzFHM

Futbol hakamlari markazi mutaxassislari ishtirokida futbol sharhlovchilari uchun maxsus seminar tashkil etildi. Tadbir davomida o‘yin qoidalariga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar, bahsli vaziyatlarga to‘g‘ri yondashuv hamda hakamlik qarorlarini talqin qilish masalalari batafsil tushuntirildi.

Seminarda zamonaviy futbol talablari, VAR bilan bog‘liq holatlar, qo‘l bilan o‘ynash, ofsayd va boshqa muhim epizodlar yuzasidan amaliy misollar orqali izohlar berildi. Shuningdek, shahrlovchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Mazkur seminar sharhlovchilarga o‘yin qoidalaridagi yangiliklarni chuqurroq anglash, uchrashuvlar davomida yuzaga keladigan bahsli vaziyatlarni muxlislarga yanada to‘g‘ri va tushunarli tarzda yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting