Futbol. O‘zPFL \"Nasaf\" futbol klubi teletranslyatsiya jamoasini e’tirof etdi
Nasafga qarashli translyatsiya studiyasi bir necha yillardan buyon Superliga o‘yinlarini efirga olib chiqish masalasida Ligaga ko‘maklashib keladi. Ushbu mavsumda ham Liga va klub o‘rtasidagi bu hamkorlik davom etdi.
Nasaf studiyasi 2025-yilgi mavsumda Qarshi hamda Gʻuzor shaharlarida bo‘lib o‘tgan Superliga va O‘zbekiston kubogi bellashuvlarini tasvirga tushirib, “Sport ijodiy birlashmasi” uchun uni tayyor signal holatida uzatib keldi. Joriy mavsum viloyatimizning uch klubi Superligada kurash olib borganligidan kelib chiqib, Nasaf studiyasi Superliganing 45 ta uchrashuvini telekanalga taqdim etganligi tahsinga sazovor.
Ajdarlar translyatsiya studiyasi bundan keyin ham Liga bilan birgalikda ishlab, uzoq yillar hamkorlikni davom ettirishlariga ishonamiz.
Shu munosabatdan foydalanib, translyatsiyasi rejissyori va guruh rahbari Turob Haydarov hamda ushbu jamoa a’zolari Otabek Egamberdiyev, Ulug‘bek Karimov, Husniddin Rahmonov, Shuhrat Xo‘janazarov, Jahongir Ubaydullayev, Muhammad Rajabov, Shavkat Boitov, Amiriddin Yoqubov, Toshtemir Avliyoqulov, Samar Umrqulov, Akmal Eshnazarov kabi o’z ishining ustalariga klubimiz rahbariyati va jamoasi nomidan tashakkur izhor qilamiz.