Futbol. O’FA rahbariyati VAR seminari ishtirokchilar bilan uchrashdi
Milliy futbol markazida VAR bo‘yicha navbatdagi o‘quv seminari davom etmoqda.
photo: UzFHM
O’FA rahbariyati VAR seminari ishtirokchilar bilan uchrashdi
Milliy futbol markazida VAR bo‘yicha navbatdagi o‘quv seminari davom etmoqda.
Bugun seminarga O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov borib, mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan yosh hakamlar va ayol hakamlar bilan uchrashdi hamda o‘quv jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Seminarda qatnashchilar VAR tizimining ishlash tamoyillari, texnik qurilmalar bilan ishlash, shuningdek, murakkab o‘yin epizodlarini yechish bo‘yicha amaliy va nazariy mashg‘ulotlarni o‘tamoqda.
Tajribali instruktorlar tomonidan olib borilayotgan mashg‘ulotlar davomida hakamlar testlar, maxsus topshiriqlar va real o‘yin holatlari asosidagi tahlillarda ishtirok etib, o‘z malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor