locale OZ

Futbol. O‘FA rahbariyati Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

Ayollar milliy terma jamoasi Osiyo kubogida munosib ishtirok etib, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib tarixiy natija qayd etishingizga ishonamiz
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘FA rahbariyati Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi bilan uchrashdi
photo: UFA

Jamoamiz 2026-yil mart oyida ayollar Osiyo kubogida ishtirok etadi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov Kotrina Kulbite boshchiligidagi jamoamiz bilan futbolchilarning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbatlashdi. Tibbiy shtabga jamoa vakillarining sogʻligi, tiklanishi va vitaminizatsiyalash jarayoni, shuningdek, ularga yuqori darajadagi tibbiy yordam koʻrsatish amaliyotini davom ettirish koʻrsatmasi berildi.

Shuningdek, OFA rahbariyati ayollar milliy terma jamoasi oldida juda muhim vazifa turganini ta’kidlab, bu yoʻlda OʻFA tomonidan barcha sharoitlar taqdim etilishini maʼlum qildi.

Ayollar milliy terma jamoasi Osiyo kubogida munosib ishtirok etib, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib tarixiy natija qayd etishingizga ishonamiz

Yakunda oldinda turgan muhim uchrashuvlarda jamoaga omad tilab, futbolchilar va murabbiylarga ishonch yuqori ekanligini qayd etishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting