Futbol. Mavsum-2025 yakunlari: “Navbahor”ning gollariga kimlar mualliflik va assistentlik qilishdi?
“Navbahor”ning yakunlangan mavsumga oid statistik ma’lumotlari bilan tanishtirishda davom etamiz.
"Ma’lumki, g‘alaba qozonishda gollar hamda assistlarning o‘rni beqiyos. Xo‘sh, “Navbahor”ning yakunlangan mavsumdagi gollariga kimlar mualliflik hamda assistentlik qilishdi?
Xabaringiz bor, vakillarimiz Superliga – 2025 da raqiblar darvozasiga 41 ta gol urishdi. Mazkur gollarga 11 nafar futbolchi mualliflik, 11 nafari esa hammualliflik qilishdi.
Shuningdek, 7 nafar jamoamiz a’zolari ham darvozalarga to‘p kiritib, ham gollarga assistentlik qilishganini ham aytish lozim.
Gollardan 5 tasi penaltidan, ayrimlari esa jarima zarbalari, shuningdek, raqib futbolchilari yoki darvozabonlari, ba’zi holatlarda esa darvoza ustuni yoki to‘sinidan qaytgan to‘plardan so‘ng, urilganini ham ta’kidlash joiz.
Mavsum-2025 da “Navbahor”ning gollariga mualliflik va assistentlik qilgan futbolchilarning to‘liq ro‘yxati esa quyidagicha ko‘rinishga ega:
1.Abbosjon G‘ulomov – 10 ta gol, 3 ta assist
2.Ruslanbek Jiyanov – 8 ta gol, 4 ta assist
3.Zabihillo O‘rinboyev – 7 ta gol, 3 ta assist
4.Alisher Odilov – 2 ta gol, 8 ta assist
5.Pedro Augusto – 6 ta gol, 1 ta assist
6.Shohmalik Komilov – 1 ta gol, 4 ta assist
7.Saidazamat Mirsaidov – 1 ta gol, 2 ta assist
8.Igor Gabriel, Gilyerme Gedesh - 2 tadan gol;
9.Azimjon Ahmedov, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov – 1 tadan gol;
10.Mirzohid G‘ofurov, Sergey Karpovich, Muhammadbobur Mo‘ydinov, Muhammadali G‘iyosov – 1 tadan assist",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.