locale OZ

Futbol. Lars Hopp O'zbekiston U-14 terma jamosi uchun nomzodlarni saralamoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futbol. Lars Hopp O'zbekiston U-14 terma jamosi uchun nomzodlarni saralamoqda
PHOTO: Telegram

Germaniyalik mutaxassis Lars Hopp 2011-yilda tugʻilgan futbolchilarni seleksiya qilib, Oʻzbekiston U-14 terma jamoasiga nomzodlarni aniqlab bormoqda. Ayni paytda Toshkent viloyatidagi Milliy terma jamoalar markazida yosh futbolchilarni saralash boʻyicha sinovlarning uchinchi bosqichini oʻtkazmoqda.

Saralash jarayoni uch bosqichdan, har bir bosqichda esa 25 nafarga yaqin yosh futbolchilar ishtirok etyapti. Umumiy hisobda esa mamlakatimizdagi turli klublar va futbol akademiyalaridan 75 nafardan ortiq bolalar yigʻinga jalb qilindi.

Saralash mashgʻulotlarining asosiy maqsadi – salohiyatli va istiqbolli futbolchilarni aniqlab, Oʻzbekiston U-14 terma jamoasini shakllantirish hamda terma jamoalarimiz safini iste'dodli futbolchilar bilan boyitishdan iborat.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting