locale OZ

Futbol. Hakamlar akademiyasining ilk bitiruvchilari sertifikatga ega bo‘lishdi

Hakamlar akademiyasida o‘quv jarayoni 2025-yil 1-maydan 1-dekabrga qadar davom etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futbol. Hakamlar akademiyasining ilk bitiruvchilari sertifikatga ega bo‘lishdi
photo: UzFHM

Hakamlar akademiyasining birinchi bitiruvchilari o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunladi.

Tadbir doirasida avval O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov nutq so‘zlab, halol, mas’uliyatli va o‘z ustida ishlaydigan yosh hakamlar kelgusida Birinchi liga, Pro liga va Superliga uchrashuvlarida ham faoliyat olib borishi mumkinligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, O‘FA prezidenti maslahatchisi Avaz Azizxo‘jayev, O‘FA bosh kotibi Avaz Maksumov hamda Hakamlar qo‘mitasi raisi Bobur Haydarov tinglovchilarni tabriklab, loyiha ahamiyati va yosh hakamlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida fikr bildirdi.

Hakamlar akademiyasida o‘quv jarayoni 2025-yil 1-maydan 1-dekabrga qadar davom etdi. Dastur davomida tinglovchilar nazariy bilimlar bilan birga amaliy tajriba ham to‘plashdi. Jumladan, ular O‘FA kubogi, O‘FA birinchiligi va viloyatlar terma jamoalari o‘rtasidagi musobaqalarda hakamlik qilib o‘z mahoratlarini mustahkamladi.

Tadbir yakunida Hakamlar akademiyasini tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting