Futbol. Hakamlar akademiyasi tinglovchilari O‘FA birinchiligi o‘yinlarida faoliyat olib bormoqda
Toshkent shahrida turli yosh toifalari bo‘yicha O‘FA birinchiligi musobaqalarining guruh bosqichi bahslari davom etmoqda.
photo: UzFHM
Toshkent shahrida turli yosh toifalari bo‘yicha O‘FA birinchiligi musobaqalarining guruh bosqichi bahslari davom etmoqda. 26-noyabr kuni U-16 toifasidagi uchrashuvlarda Hakamlar akademiyasi tinglovchilari hakamlik amaliyotini olib bordi.
Tinglovchilar mazkur o‘yinlarda bosh hakam, yordamchi hakam va zaxira hakami sifatida ishlashib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda sinovdan o‘tkazishdi.
Yosh hakamlar o‘yin davomida tajribali instruktorlar tomonidan doimiy kuzatib borilmoqda, har bir o‘yin yakunida esa yosh hakamlarga xato, to‘g‘ri pozitsiya tanlash va o‘yin boshqaruvi bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berilmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor