Futbol faxriysi Roziq Turg‘unov 80 yoshni qarshi oldi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida faxriy sportchi sharafiga yubiley tadbiri tashkil etildi.
Фото: ЎФА
Bugun o‘zbek futbolining faxriysi, “Paxtakor” jamoasining sobiq himoyachisi Roziq Turg‘unov 80 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida faxriy sportchi sharafiga yubiley tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda O‘FA rahbariyati, futbol faxriylari va jamoatchiligi hamda Roziq Turg‘unov bilan bir davrda to‘p surgan futbolchilar ishtirok etishdi.
Futbol faxriylari Borodar Abdurahimov, Anvar Solijonov va Ivan Shkandin Turg‘unovning o‘z davrida “Paxtakor” jamoasida ko‘rsatgan mahorati, fidoyiligi va sadoqatini yuksak e’tirof bilan eslab o‘tishdi.
Tadbir yakunida Roziq Turg‘unovga minnatdorchilik ramzi sifatida esdalik sovg‘alari topshirildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist