locale OZ

Futbol boʻyicha O‘zbekiston U20 ayollar terma jamoasi CAFA turnirida gʻalaba qozondi

Sirota boshchiligidagi O‘zbekiston U20 ayollar terma jamoasi musobaqani 3 uchrashuvda 7 ochko bilan yakunladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futbol boʻyicha O‘zbekiston U20 ayollar terma jamoasi CAFA turnirida gʻalaba qozondi
Фото: Olympic.uz

Tojikiston Respublikasida futbol boʻyicha CAFA U20 Women’s Championship 2026 musobaqasi tashkil etildi. Turnirning so‘nggi turida O‘zbekiston U20 ayollar terma jamoasi mezbon Tojikiston U20 terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, yirik 7:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa Viktoriya Sirota boshchiligidagi O‘zbekiston U20 ayollar terma jamoasi musobaqani 3 uchrashuvda 7 ochko bilan yakunlab, CAFA U20 Women’s Championship 2026 turniri g‘olibiga aylandi.

Jamoamiz bundan avvalgi oʻyinlarda Eron U20 bilan 1:1 hisobida durang qaytgan va Qirgʻiz Respublikasi U20 jamoasini esa 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting