Futbol bo'yicha “Buxoro” va “Andijon” stadionlarida VAR texnikasini o‘rnatish ishlari yakunlandi.
Rejaga muvofiq, “Soʻgʻdiyona” klubi stadioni ham navbatdagi bosqichda mazkur tizim bilan jihozlanadi.
photo: UzFHM
Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimini joriy etish ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda.
Ayni paytda “Buxoro” hamda “Andijon” jamoalarining uy stadionlarida VAR texnikasini joylashtirish va sozlash ishlari to‘liq yakunlandi.
Rejaga muvofiq, “Soʻgʻdiyona” klubi stadioni ham navbatdagi bosqichda mazkur tizim bilan jihozlanadi.
Mazkur jarayon hakamlik qarorlarining aniqligini oshirish va uchrashuvlarni zamonaviy talablarga mos tarzda tashkil etishga xizmat qiladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor