locale OZ

Futbol. Bekobodlik yosh futbolchilar Qirg‘izistonda o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etmoqda

Turnirda O‘zbekiston nomidan Bekobod shahrining “Metallurg” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bekobodlik yosh futbolchilar Qirg‘izistonda o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etmoqda
photo: Metallurg FK

Qirg‘iziston Respublikasida 2009–2010-yillarda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida “Barca Academy Manas CUP 2026” xalqaro musobaqasi start oldi.

Turnirda O‘zbekiston nomidan Bekobod shahrining “Metallurg” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etmoqda.

Zoxid Abdullayev va Aziz Alimov murabbiyligidagi jamoamiz dastlabki bosqichda muvaffaqiyatli natijalarni qo‘lga kiritishmoqda. Jumladan, birinchi turda U-16 jamoamiz “Alay” jamoasini 1:5 hisobida, U-15 jamoasi esa “BARÇA ACADEMY MANAS” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etishdi va turnirni ajoyib g'alabalar bilan boshlashdi.

“Metallurg” akademyasi jamoalari bugun ham navbatdagi o‘yinini o‘tkazishi rejalashtirilgan. Turnir davomida yosh futbolchilarimizga omad va yangi g‘alabalar tilaymiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting