locale OZ

Futbol. Asian Cup-2031 mezbonligi uchun Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikasi (qo'shma ariza) raqiblari ma'lum

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futbol. Asian Cup-2031 mezbonligi Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikasi (qo'shma ariza) raqiblari ma'lum
PHOTO: Telegram

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2031-yilda boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogi mezbonligiga ariza topshirgan nomzodlar nomini rasman ma’lum qildi

Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 35-Kongressi oldidan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida OFK Ijroiya qo‘mitasining 6-yig‘ilishi boʻlib oʻtdi. Unda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2031-yilda boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish uchun yettita nomzoddan ariza kelib tushgani e’lon qilindi. OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa bu tashabbuslarni turnir tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich, deya baholadi.

OFK prezidenti qit’adagi barcha a’zo assotsiatsiyalarning yuksak fidoyiligi va tashabbusini e’tirof etdi, deyiladi rasmiy xabarda

Qayd etilishicha, OFK 2025-yil 31-martgacha milliy terma jamoalar oʻrtasidagi qit’a birinchiligini oʻzida qabul qilish uchun quyidagi assotsiatsiyalardan arizalarni qabul qildi:

Avstraliya
Hindiston
Indoneziya
Koreya Respublikasi
Kuvayt
BAA
Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikasi (qo’shma ariza)

Kelib tushgan rekord darajadagi arizalar — bu turnirning nufuzini yana bir bor tasdiqlaydi. OFK Ijroiya qo‘mitasi nomidan barcha a’zo assotsiatsiyalarimizga chuqur minnatdorlik bildiraman, dedi OFK prezidenti.

Endilikda OFK nomzod assotsiatsiyalar bilan belgilangan vaqt va talablar asosida tanlov hujjatlarini tayyorlash va topshirish jarayonini boshlaydi.

OFK Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida, shuningdek, barcha qo‘mitalarning, jumladan, OFK Osiyo Kubogi Tashkiliy qo‘mitasi, OFK Moliya qo‘mitasi, OFK Musobaqalar qo‘mitasi va OFK Professional futbol qo‘mitasining qarorlari tasdiqlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting