locale OZ

Futbol agentlari APLda amalga oshirilgan eng zo'r transferni aniqlashdi

The Athletic nashri bu borada so'rovnoma o'tkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futbol agentlari APLda amalga oshirilgan eng zo'r transferni aniqlashdi
ФОТО: Getty images

The Athletic nashri yozgi transfer oynasi davomida eng yaxshi transferlarni aniqlash uchun 20 nafar futbol agenti o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi.

Birinchi o'rinni olti ovoz bilan PSJ darvozaboni Janluiji Donnarummaning "Manchester Siti"ga o'tishi egalladi.

Ikkinchi pog'onada uchta ovoz bilan "Manchester Siti"dan "Everton"ga ijaraga o'tgan Jek Grilish joy oldi.

Viktor Gyokereshning "Sporting"dan "Arsenal"ga o'tishi ikkita ovoz bilan uchinchi o'rinni band etdi.

Aleksandr Isak ("Nyukasl"dan "Liverpul"ga), Joao Pedro ("Brayton"dan "Chelsi"ga), Eberechi Eze ("Kristal Pelas"dan "Arsenal"ga), Xarvi Elliott ("Liverpul"dan "Aston Villa"ga), Martin Subimendi ("Real Sosyedad"dan "Arsenal"ga), Brian Mbemo ("Brentford"dan "Manchester Yunayted"ga), Kristian Moskera ("Valensiya"dan "Arsenal"ga), Jovanni Leoni ("Parma"dan "Liverpul"ga), Xavi Simons ("Leypzig"dan "Tottenxem"ga), Tidjani Reynders ("Milan"dan "Manchester Siti"ga) transferlari bittadan ovoz yig'di.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting